"Paxtakor" murabbiyi bu borada ikkinchi!
O‘zbekiston Superkubogi doirasidagi "Paxtakor" va "Nasaf" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda "sherlar" 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, chempionga aylandi.
Ma’lumot uchun, Slavche Voyneski O‘zbekiston Superkubogini yutgan 2-xorijlik bosh murabbiyga aylandi. Slavchedan avval Piter Xyustra bu ishni uddalagan edi.
Qolaversa, shimoliy makedoniyalik mutaxassis bahsdan keyingi matbuot anjumanida faoliyati davomida ilk bor Superkubokni qo‘lga kiritganini aytdi.

Fikrlar