"Paxtakor" murabbiylar shtabida o‘zgarish bo‘ldimi? - Rasmiy bayonot
"Paxtakor" klubi matbuot xizmati OAV orqali jamoa murabbiylari shtabida o‘zgarish bo‘lgani haqida tarqatilayotgan ma’lumot noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qildi.
"Paxtakor" futbol klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish bo‘lgani haqida turli internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumot tarqatildi. Biroq klub rahbariyati hozircha murabbiylar shtabida o‘zgarishni amalga oshirmagan. Bunday o‘zgarish amalga oshirilgan taqdirda darhol "Paxtakor" futbol rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.



Fikrlar