
"Paxtakor" Saudiya Arabistoniga yo‘l olmoqda. Murabbiy qaysi futbolchilarni OChLga olib ketmoqda?
7 aprel kuni "Paxtakor" Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bahslarini boshlaydi.
Saudiya Arabistonining Burayda shahrida markazlashgan tartibda o‘tkaziladigan guruh bosqichida qatnashish uchun "sherlar" dushanba kuni tush paytida Toshkent - Burayda yo‘nalishida parvoz qiladi. Ilk turda 7 aprel kuni Eronning "Sepaxan" klubi bilan to‘qnash kelinadi. Buraydaga Slavche Voyneski 27 nafar futbolchini olib ketishga qaror qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Darvozabonlar - Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Aziz Isaqov, Bayram Najafaliev.
Himoyachilar - Hojiakbar Alijonov, Shahzod Azmiddinov, Sherzod A’zamov, Aleksey Larin, Kamen Xadjiev, Jasur Yoqubov, Farruh Sayfiev, Behruz Asqarov.
Yarim himoyachilar - Odil Hamrobekov, Ikrom Aliboev, Sardor Sobirxo‘jaev, Abbos Fayzullaev, Ruslan Roziev, Abbos Ergashboev, Sardor Rashidov, Hojimat Erkinov, Aziz Turg‘unboev, Diyor Xolmatov, Oliver Sharkich, Muhammadali O‘rinboev.
Hujumchilar - Dragan Cheran, Mirjahon Mirahmadov, Shahriyor Jabborov.
Fikrlar