
"Paxtakor"ning 10 nafar futbolchisi terma jamoalarga ketdi
FIFA kunlari munosabati bilan chempionatimizda kichik tanaffus. Bir qancha o‘yinchilar terma jamoalarga jalb qilinli. Ayniqsa, Toshkentning “Paxtakor” klubidan 10 nafar futbolchi turli terma jamoalar safiga chaqirildi.
Jumladan, klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Diyor Xolmatov milliy termamiz bilan Gonkongga qarshi kechadigan jahon chempionati saralash bahslariga taklif etildi. Kimi Merk Qirg‘iziston, Pavel Pavlyuchenko esa Belarus terma jamoasi tarkibiga chaqirildi.
Vladimir Nazarov, Behruz Asqarov va Po‘latxo‘ja Xoldorxonov olimpiya terma jamoasi bilan Qatarning Doxa shahrida o‘tadigan yig‘inda qatnashadi.
Shuningdek, Dilshod Abdullaev, Islom Anvarov, Nurlan Ibraimov va Saidumar Saidnurullaev O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bilan Toshkentdagi yig‘inga jalb etildi.
Fikrlar