Pike Suaresning o‘rnida hujumda o‘ynamoqchi

  • 14 mart, 2019, 17:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Jerar Pike urugvaylik jamoadoshi Luis Suaresning hujumdagi o‘rnini bemalol egallashi mumkinligini aytdi.

Tecno

“Agar Suares charchab qolsa, murabbiydan meni hujumga qo‘yishni so‘rayman. Umid qilamanki men uni bunga ko‘ndira olaman. Hujumda yordam berish hamisha menga yoqqan”, - deydi Pike.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli himoyachi o‘zining professional futbolchilik faoliyati davomida 536ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 50ta gol urgan. U joriy mavsum “Barselona” safida 39ta o‘yinda ishtirok etdi va 7ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!