
Pirlo klubdan kim ketishi kerakligini ko‘rsatdi
“Yuventus” rahbariyati Aaron Remzini imkon qadar tezroq jamoadan ketkazib yubormoqchi.
Turinliklar bosh murabbiyi Andrea Pirlo bu futbolchiga imkon bermoqchi emas. Shuning uchun ham Remzi qishdayoq o‘ziga yangi jamoa topishi kerak bo‘ladi.
29 yoshli uelslik yarim himoyachi A Seriyada Angliya chempionatida “Arsenal” tarkibida namoyish etgan yuqori darajadagi o‘yinlarini ko‘rsata olmadi.
Ayni paytda premer-liganing bir necha klubi Remzini ortga qaytarishni istamoqda.
Fikrlar