
Pogba yangi jamoa tanladi. Bu “Real” ham, PSJ ham emas!
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba mavsum yakunlanishi bilan Angliya tark etishga qaror qildi.
Sport Italia nashri jurnalisti Rudi Galettining ma’lum qilishicha, frantsiyalik yulduz “Yuventus”ga qaytishga qaror qilgan.
“Yuventus” rahbariyati jamoani kuchaytirish maqsadida Pogbani o‘z safiga qo‘shib olishga qarshi emas. Turinliklar qimmatbaho futbolchi uchun yiliga 12 million evro maosh to‘lashga rozilik bergan va buning uchun bir necha o‘yinchisini sotib yuborishga tayyor.
Agar “Yuventus” varianti amalga oshmasa, Pogba “Real”ga o‘tishi mumkinligi ham aytilmoqda. Shuningdek, frantsiyalik futbolchi PSJ variantini keskin rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, Pol Pogba 2012-2016 yillar davomida “Yuventus” sharafini himoya qilgan. “Manchester Yunayted” o‘z tarbiyalanuvchisi ortga qaytarish uchun italiyaliklarga 105 million evro to‘lagan edi.
Fikrlar