Pol Pogba qo‘shimcha jazodan saqlanib qoldi

  • 5 dekabr, 2017, 08:28
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

 

Avval xabar berilganidek, “Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba “Arsenal”ga qarshi (3:1) kechgan o‘yinda qo‘polligi uchun qizil kartochka olib, 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi.

Frantsiyalik futbolchi butsasi bilan Ektor Belerin oyoqlariga atayin jarohat etkazgani uchun bosh hakam Andre Marriner tomonidan jazolangandi.

“MYu” vakillari Pogbaning qizil kartochkasiga apellyatsiya bermaslikka qaror qildi. Bundan tashqari, frantsiyalik futbolchi qo‘shimcha jazodan saqlanib qoldi. Gap shundaki, Pogba boshi uzra qizil katochkani ko‘rgach, bosh hakamga qarsak chalgandi.

Frantsiyalik yarim himoyachining baxtiga Andre Marriner ushbu holatni o‘z qaydnomasida bildirmagan. Shunday qilib, Pol Pogba “MYu”ning “Manchester Siti”, “Bornmut” va “Vest Xem”ga qarshi  o‘yinlarnii o‘tkazib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!