
Prevyu. "Navbahor" - "Bunyodkor"
"Navbahor" O‘zbekiston Cuperligasi 16-turi doirasida o‘z maydonida Toshkentning “Bunyodkor” klubini qabul qiladi.
O‘zbekiston chempionatlari tarixida ushbu jamoalar o‘zaro 37 marotaba kuch sinashishgan. O‘tkazilgan o‘yinlarning 21 tasida “Bunyodkor” “lochinlar”ni mag‘lubiyatga uchratgan. “Navbahor” esa 9 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. Ettita uchrashuvda esa tomonlar durangga imzo chekishgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 67:38, “qaldirg‘ochlar” foydasiga.
O‘zaro o‘yinlarda “Bunyodkor” 70 ochko, “Navbahor” esa 34 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Ushbu klublarning o‘zaro bellashuvlaridagi eng yirik hisob 2009 yili kuzatilgan. O‘sha yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda “qaldirg‘ochlar” 6:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.
Mazkur jamoalar ishtirokidagi Namanganda bo‘lib o‘tgan 18 ta o‘yinning 8 tasida mezbonlar, 7 tasida esa mehmonlar zafar quchishgan. Uchta uchrashuvda esa g‘olib aniqlanmagan. To‘plar nisbati – 26:22, “Bunyodkor” foydasiga.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvi 19 avgust kuni Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadionida soat 19:30 da start oladi.
"Navbahor matbuot xizmati.
Fikrlar