
PSJ aqlbovar qilmas summa evaziga Mbappeni olib qolmoqchi
PSJ frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappega yangi shartnoma taklif qildi. Bu haqda "Le Parisien" nashri jurnalisti Adrien Grene xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, parijliklar 23 yoshli futbolchiga 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma hamda yillik 50 million evro maosh taklif qilyapti. Shuningdek, Kilian ushbu shartga rozi bo‘lsa, sodiqlik bonusi sifatida 100 million evro oladi.
Joriy mavsum frantsuz Liga 1 doirasida 24 ta uchrashuvda ishtirok etib, 14 ta gol hamda 10 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikrlar