
PSJ "Arsenal"dagi frantsuzni vataniga qaytarmoqchi
“Arsenal” himoyachisi Uilyam Saliba faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega. Media Foot xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchini sotib olishga PSJ klubi qiziqmoqda.
Parij grandi 21 yoshli frantsiyalik futbolchining "kanonirlar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi mavjudligiga qaramay, u bilan muzokara olib borish va uni vataniga qaytishga ko‘ndirish niyatida.
Aytish kerakki, Uilyamning londonliklar bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. Uning transfer narxi esa 50 million evroga baholanmoqda. Himoyachi joriy mavsum APLda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi, 1ta golga assistentlik qildi va 4 ta sariq kartochka oldi.
Fikrlar