PSJ Chempionlar ligasi rekordini yangiladi
UEFA Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi PSJ bir kalendar yilida Evropaning eng nufuzli turnirida gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Gap shundaki, Parij klubi EChLning 3-turida "Bayer"ga qarshi uchrashuvda raqib darvozasiga 7 ta to‘p kiritib raqibni tor-mor etdi. Bu natijadan so‘ng frantsuz klubi bir yilda ushbu turnirda 39 ta gol urdi va 2002 yilda "Manchester Yunayted" tomonidan o‘rnatilgan rekordni ortda qoldirdi. O‘sha yili mankunyanliklar yil davomida 38 ta gol urgan edi. Qiziqarli tomoni, PSJ yil yakunigacha yana 3 ta uchrashuv o‘tkazadi va o‘rnatgan rekordini mustahkamlab qo‘yishi mumkin.
Ma’lumot uchun, parijliklar joriy mavsumda EChLning 3-turidan so‘ng, 9 ochko bilan turnir jadvalida etakchilik qilmoqda.



Fikrlar