
PSJ Enrike bilan shartnomani yangilamoqchi
PSJ 2023 yilda jamoani qabul qilib olgan Luis Enrike bilan yangi shartnoma tuzish haqida o‘ylamoqda, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.
Ma’lum bo‘lishicha, 2025 yilgacha amal qiladigan bitimni klub yangilash istagida. Tez orada tomonlar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Enrike shogirdlari yangi mavsumni juda yaxshi kayfiyatda boshlashdi. Jamoa 3 ta turning barchasida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi va turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar