PSJ fanatlari rahbariyat iste’fosini talab qilmoqda

  • 3 may, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ muammolar girdobiga cho‘kib bormoqda. Klub rahbariyati jamoa ichki muhitini o‘nglay olgani yo‘q.

Tecno

Buning ustiga muxlislar bosh ko‘tarmoqda. Hammasi Frantsiya chempionati doirasida parijliklar o‘z maydonida “Loryan”ga 1:3 hisobida yutqazib qo‘yganidan boshlandi.

Mag‘lubiyatning ertasiga fanatlar klub qarorgohiga yuborib, norozilik aktsiyasini o‘tkazgan. Ular rahbariyat, murabbiylar va futbolchilarga e’tibor bildirgan.

RMC Sport nashrining ta’kidlashicha, ashaddiy muxlislar norozilik harakatini to‘xtatmoqchi emas. Ular yana klub qarorgohida aktsiya uyushtiradi. Bu namoyishlarda klub rahbariyatini o‘zgartirish talab qilinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!