
PSJ futbolchisiga A Seriyaning ikki grandi qiziqib qoldi
Frantsiyaning PSJ klubi forvardi Adrien Rabio yangi mavsumni Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadigan Rabio hozircha parijliklar bilan kelishuvni uzaytirish borasida muzokaralar o‘tkazmayapti. Ushbu imkoniyatdan esa Milanning “Inter” klubi unumli foydalanib, uni imkon qadar arzonroq mablag‘ga sotib olmoqchi.
Rabioning “Inter”ga ko‘chib o‘tishi uchun “neradzurrilar” Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishlari lozim.
Ushbu futbolchiga shuningdek Turinning “Yuventus” klubi ham jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Fikrlar