PSJ Ikardini sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi
"Inter" forvardi Mauro Ikardi faoliyatini PSJda davom ettiradi.
26 yoshli futbolchi milanliklar bilan shartnomasini 2022 yilgacha uzaytirdi va Parij klubiga ijara asosida o‘tdi.
Parijliklarda futbolchini 70 mln evroga sotib olish huquqi bor.
Ikardi PSJda mavsum oxirigacha to‘p tepadi va 8 mln evro maosh oladi. Bundan tashqari, 2 mlngacha bonus pullarini ham qo‘lga kiritishi mumkin.
Agar argentinalikning ijarasi yakuniga etib, Milan klubiga qaytsa, 2020/21 yilgi mavsum uchun maoshi 5 mln evro bo‘ladi, 2021/22 yilgi mavsum uchun esa 7 mln evro oladi.
Transferning so‘nggi kunida, Ikardi Parijda tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va yangi klubi bilan bitimga erishdi.

Fikrlar