PSJ joriy mavsum ChLda ilk bor gol o‘tkazdi
Ayni damda, Evropa Chempionlar Ligasining 5-turidan o‘rin olgan "Real" va PSJ (1:0) qarama-qarshiligining dastlabki bo‘limi yakunlandi.
Bellashuvning 17-daqiqasida Karim Benzema mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bu parijliklar uchun ChLning amaldagi mavsumida ilk o‘tkazib yuborgan goli bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 4-turdan keyin, PSJ o‘z guruhida 12 ochko bilan etakchilik qilyapti va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar