PSJ Kavaniga yangi shartnoma taklif qilmayapti
PSJ klubi urugvaylik hujumchi Edison Kavani bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.
Le Parisien nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar mavsum yakunida shartnomasi yakunlanadigan 32 yoshli futbolchiga yangi kelishuv taklif qilmayapti va bu borada muzokaralarni ham boshlagani yo‘q.
Ma’lumot uchun, PSJ Kavanini 2013 yil 64 mln evro evaziga “Napoli”dan sotib olgan edi. U joriy mavsum 4ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar