
PSJ Keyn va Osimxen transferi o‘xshamagach, e’tiborini yosh talantga qaratdi
PSJ "Benfika" hujumchisi Gonsalu Ramushni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"L'Équipe" nashri xabariga ko‘ra, parijliklarning markaziy hujum pozitsiyasidagi asosiy nishonlari bilan muzokaralar yaxshi kechmayapti.
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen varianti bor edi. Ammo Neapol klubi rahbariyatining talablarini qondirishni Parij grandi xohlamaydi. Shu sababli, ushbu transfer deyarli amalga oshmasligi ma’lum bo‘lib ulgurdi.
Xarri Keynning ham PSJga o‘tishi qiyin masala. Sababi, angliyalik hujumchi Frantsiya chempionatida to‘p tepish niyatida emas. Shuningdek, PSJ hamda "Tottenxem" o‘rtasidagi munosabatlar iliq. Shu bois, parijliklar Keyn transferiga "yopishib" olganicha yo‘q.
Klub sport direktori Luish Kampu Gonsalu Ramush transferini xohlamoqda. U "Benfika" safida o‘tgan mavsum jami 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol urishga erishgan. Portugaliya grandi yosh forvardni 120 million evroga baholamoqda.
Fikrlar