
PSJ Mbappe o‘rniga "Barsa" futbolchisini olib kelmoqchi
PSJ "Barselona" vingeri Usmon Dembeleni o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyatida.
"As" nashri bergan xabarga ko‘ra, parij grandi Mbappe "Real"ga o‘tadigan bo‘lsa, Usmonni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Bosh murabbiy Luis Enrike ushbu transferga rozilik bergan.
1 avgustdan Dembelening tovon puli 100 million evroga ko‘tariladi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar