PSJ Mbappeni burchakka "qisib” qo‘ydi

  • 22 iyun, 2023, 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe va PSJ rahbariyatida o‘rtasidagi ziddiyat hali barham topgani yo‘q. Mbappe aniq rejasini aytdi. U kelasi mavsumni Parij klubida o‘tkazib, bir yildan keyin erkin agent sifatida “Real”ga o‘tib ketmoqchi.

Tecno

Voqealarning bu taqlid rivojlanishi parijliklarni qoniqtirmaydi. Ular qimmatbaho o‘yinchini bepul qo‘yib yubormoqchi emas.

PSG Community nashrining ma’lum qilishicha, klub xo‘jayindari Mbappe vakillari bilan maxsus uchrashuv o‘tkazgan.

Uchrashuv natijasida rahbariyat 24 yoshli futbolchiga jiddiy shart qo‘ydi. Unga ko‘ra, Mbappe ta’til tugab, mashg‘ulotlar boshlangunga qadar shartnomani uzaytirishi shart yoki yozda hujumchi yozda sotib yuboriladi.

Endi Kilian Mbappe bir qarorga kelishi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!