
PSJ Mbappening do‘stlaridan ham voz kechdi
PSJ rahbariyati klub bilan ziddiyatga borgan Kilian Mbappe tufayli jamoa sardori Markinosni ham sotib yuborishga qaror qildi.
Manbalarning ta’kidlashicha, braziliyalik futbolchi jurnalistlarga bergan intervyusida Mbappening o‘ta iqtidorli futbolchi ekanini va uning jamoada qolishini istashini aytgan edi.
Jamoa sardorining intervyuda 24 yoshli hujumchini qo‘llab-quvvatlagani klub rahbariyatining g‘azabiga sabab bo‘lgan.
Endi PSJ yaxshi taklif bo‘lsa, Markinosni ham sotib yuboradigan bo‘lyapti. Bu futbolchi Parij klubida 2013 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikrlar