PSJ Mbappening narxini ma’lum qildi

  • 24 iyul, 2023, 17:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ Kilian Mbappeni qanchaga sotmoqchi ekanligini ma’lum qildi. 

"L'Équipe" xabariga ko‘ra, parijliklar 2017 yilda "Monako"dan 180 million evro evaziga sotib olingan hujumchi uchun kamida 150 million evro talab qiladi. 

PSJ jiddiy qaror qabul qilgan. Mbappe yo shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lishi yoki ketishi kerak. Klub hujumchini Yaponiyadagi mavsumoldi turnesi uchun tarkibdan chiqarib tashladi. 

Avvalroq, PSJ Mbappeni 1 avgust kuni sotuvga qo‘yishi ma’lum bo‘lgandi. Iyul oyi oxirigacha futbolchi shartnomani bir yilga uzaytirish variantini faollashtirish huquqiga ega. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!