
PSJ Navas uchun "Real"ga qancha to‘laydi?
PSJ klubi “Real” Madrid darvozaboni Keylor Navasning transferi uchun qancha mablag‘ sarflashi ma’lum bo‘ldi.
El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar 32 yoshli kosta-rikalik posbon uchun madridliklarga 13 million evro to‘lashadi. Navas esa yangi jamoasi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, Keylor Navas “Real” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 162ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 159ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar