
PSJ Neymar, Kavani, Mbappe va Diallo borasida bayonot berdi
PSJ "Tuluza"ga qarshi (4:0) Liga 1 3-tur uchrashuvida xujumchilar Kilian Mbappe va Edinson Kavani hamda ximoyachi Abdu Dialloni olgan jarohatlari haqida rasmiy bayonot berdi.
Mbappe tizzasidan jarohat oldi va to‘rt xaftani o‘tkazib yuboradi. Qayta tiklash vaqti qanchalik tez amalga oshirilishiga qarab muddat o‘zgarishi mumkin.
Edinson Kavani o‘ng sonidan jarohat olgan va u tahmiman 3 xafta maydonga tusha olmaydi.
Diallo o‘ng ko‘zidan jarohat olgan. Xabar berilishicha, futbolchining jarohati jiddiy emas va u maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, PSJ xujumchisi Neymar o‘tgan mavsum Chempionlar Ligasi 1/8 final javob uchrashuvidan so‘ng (1:3) xakamlarni haqorat qilgani uchun Evrokuboklardagi uchta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilingan edi.
Evropa chempionlar ligasining guruh bosqichidagi dastlabki o‘yinlar 17-18 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar