PSJ o‘z safini "Sevilya" hujumchisi bilan kuchaytirmoqchi

  • 17.06.2019 11:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Sevilya" klubi hujumchisi Vissam Ben-Yedder faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Soccer Link nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli frantsiyalik futbolchiga PSJdan jiddiy qiziqishlar bo‘la boshladi. Parijliklar Ben-Yedder hisobiga o‘zlarining hujum chiziqlaridagi raqobatni kuchaytirishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Vissam Ben-Yedder o‘tgan mavsum “Sevilya” safida jami 54ta o‘yinda maydonga tushdi va 30ta gol hamda 11ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!