
PSJ rahbariyati Neymardan norozi
PSJ hujumchisi Neymar Monako Gran-prisiga borish uchun Liga 1 chempionligini nishonlash marosimini o‘tkazib yuborib, klubning noroziligiga sabab bo‘ldi. "Daily Mail" nashri xabariga ko‘ra, klub futbolchini shu yozda sotishni rejalashtirmoqda.
31 yoshli hujumchi mart oyida to‘pig‘idan jarohat olganidan beri davolanmoqda. Biroq u o‘tgan shanba kuni Parij klubining "Strasburg"ga qarshi o‘yinida ishtirok etishi kutilgandi.
Buning o‘rniga braziliyalik Formula-1da mashhurlar davrasida ko‘rindi, bu esa rahbariyatning noroziligiga sabab bo‘ldi.
Neymarning shartnomasi 2025 yilning iyuligacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali braziliyalik futbolchini 70 million evroga baholamoqda.
Fikrlar