PSJ sardori: "Bu mo‘jiza emas, biz mehnat qilyapmiz"

  • 23 dekabr, 2021, 15:41
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionati 19-turi doirasida PSJ mehmonda "Loryan" bilan murosa ko‘chasini tanladi. O‘yindan so‘ng parijliklar himoyachisi Markinos o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Bu mo‘jiza emas, biz mehnat va harakat qilyapmiz. To‘pni nazoratini qo‘lga olyapmiz. Raqib xatolarimizni kutdi va qarshi hujumga tayanib o‘ynadi. 

Ular ko‘proq gol urishi ham mumkin edi. Ammo ikkinchi bo‘limda bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan bo‘lsak-da, mag‘lubiyatdan qutulib qolishga muvaffaq bo‘ldik. Tanaffusga qadar ham imkoniyatlar yaratdik. Agar golni ertaroq urganimizda, bu o‘yinning borishiga ta’sir qilgan bo‘lardi",-dedi braziliyalik futbolchi.

Maurisio Pochettino shogirdlari 19-turdan keyin 46 ochko to‘plagan holda, turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!