PSJ shu yozda Mbappeni sotadi, faqat...
PSJ rahbariyati hujumchi Kilian Mbappening "Real"ga o‘tishini istamayapti.
Avvalroq, frantsiyalik futbolchi klub rahbariyatiga shartnomani uzaytirish variantini faollashtirmasligini aytgani ma’lum bo‘lgandi. Xabar qilinishicha, parijliklar futbolchini sotuvga qo‘yishgan.
Cadena SER jurnalisti Manu Karrenoning so‘zlariga ko‘ra, PSJ shu yozda Mbappeni sotishni rejalashtirmoqda, ammo u hech qachon "Real"ga sotilmaydi.
Mbappe o‘tgan yili Madrid klubiga o‘tishga yaqin kelgandi, ammo yakunda PSJ bilan yangi shartnoma imzolashga qaror qildi.

Fikrlar