
PSJ ustozi bugungi mashg‘ulotlarda qatnashmadi
PSJ klubi bosh murabbiyi Kristof Galte jamoasining bugungi mashg‘ulotida qatnashmadi. Parij giganti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, murabbiy tibbiy sabablarga ko‘ra mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan. Frantsiyalik mutaxassis ertaga o‘z vazifasiga qaytadi.
Galte joriy mavsum boshlanishidan oldin parijliklar bosh murabbiyi lavozimini egalladi. Uning klub bilan shartnomasi kelasi yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.
Frantsiya chempionatining 35-turidan so‘ng PSJ 81 ochko jamg‘arib, Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.Poytaxt klubi eng yaqin ta’qibchisidan olti ochko oldinda.
Fikrlar