PSJ yana Donnarumma mavzusiga qaytmoqda
PSJ hamon "Milan" darvozaboni Janluiji Donnarummani sotib olish fikridan qaytmayapti.
La Gazetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 21 yoshli italiyalik futbolchi va Frantsiya chempioni o‘rtasidagi muzokaralar tez orada boshlanadi. O‘z navbatida, “Milan” iqtidorli posbonni 50 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Bundan avvalroq, “rossonerilar” Donnarummaga 2024 yilgacha tuzilgan shartnoma va yiliga 6,5 mln evro maosh taklif qilayotgani haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Janluiji Donnarumma “Milan” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida asosiy jamoada 203 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 211 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar imzolangan.
Fikrlar