
PSJ yaqinda yana bir super transferni e’lon qiladi
“Milan” yarim himoyachimi Ismoil Bennaser PSJ klubiga ko‘chib o‘tmoqda.
22 yoshli jazoirlik futbolchi parijliklar bilan 5 yillik shartnoma shartlarini kelishib bo‘ldi. Hozircha, kelishuvning moliyaviy ma’lumotlari sir tutilmoqda.
PSJ bu transferni e’lon qilishi uchun “Milan”ni futbolchini qo‘yib yuborishga ko‘ndirish qoldi xolos. Ismoilning milanliklar bilan shartnomasi 2024 yilgacha tuzilganini inobatga olib, “Milan” parijliklardan 50 million evro so‘ramoqda.
Muzokaralar davomida PSJ 30 million evro taklif qilayotgani oshkor bo‘ldi.
Fikrlar