
PSJ yozda "Arsenal" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
PSJ klubi "Arsenal"ning frantsiyalik himoyachisi Vilyam Salibaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, frantsuz klubi yozgi transfer oynasida futbolchi sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Parijliklar futbolchini arzon narxda sotib olishga umid qilishmoqda, chunki uning "kanonirlar" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.
22 yoshli Saliba joriy mavsum “Arsenal” safida barcha turnirlarda jami 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar