PSJ yulduzi “Real”ga o‘tishga tayyor

  • 22 may, 2023, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ etakchilaridan biri Marko Verratti mavsum yakunlanganidan keyin jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.

Tecno

RMC Sport nashrining xabar berishicha, italiyalik yarim himoyachi Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tib, “Real” sharafini himoya qilishga moyillik bildirmoqda.

Verrattini Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi o‘zi katta maosh evaziga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Arablar bu futbolchi yordamida Lionel Messini Saudiyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirmoqchi.

30 yoshli futbolchi “Peskara” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu jamoada to‘rt yil o‘ynaganidan keyin 2012 yili PSJ safiga ko‘chib o‘tgan. Shundan beri Parijda to‘p tepib kelmoqda.

Verrattining PSJ bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan. Shunga qaramay, u yangi chaqiruvga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!