PSJda mazza qilib o‘ynayman, deb o‘ylama! Seni yomon ko‘ramiz!

  • 12 iyul, 2023, 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning ashaddiy muxlislari “Bavariya”dan transfer qilingan himoyachi Lyuka Ernandesning kelishini salbiy baholamoqda.

Tecno

Kuni kecha poytaxt klubi frantsiyalik himoyachi bilan 2028 yilning yozigacha shartnoma imzolanganini rasman e’lon qilgan edi.

PSJ muxlislarining etakchilaridan biri Romen Mabil ijtimoiy tarmoqlar orqali Ernandesa murojaat qilib, uni ogohlikka chaqirdi.

- Parijda seni ko‘rishdan xursand emasmiz va sen tez orada buni yaxshilab tushunib olasan, - deb yozdi Romen Mabil.

Parijliklar sovuq munosabatiga Lyuka Ernandesning  yaqinda “Marsel”ga muxlislik qilishi haqida gapirgani sabab bo‘ldi. Parij klubi uchun “Marsel” eng ashaddiy raqib hisoblanadi. Qolaversa, Lyukaning otasi Jan-Fransua Ernandes o‘z davrida marselliklar sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!