
PSJning yangi bosh murabbiyi ma’lum bo‘ldi
PSJ ayni dam yangi bosh murabbiy qidirmoqda. Avvalroq, klub Yulian Nagelsmann bilan kelisha olmagandi. Shuningdek, ushbu lavozimga bir nechta nomzodlar bor edi. Endilikda jamoani kim boshqarishi deyarli aniq bo‘ldi.
Frantsiyaning bir qator nashrlari xabariga ko‘ra, parijliklar Luis Enrike bilan kelishuvga erishib bo‘lgan. U PSJ bosh murabbiyiga aylanishga yaqin turibdi.
Ispaniyalik mutaxassis APLda ham ishlashi mumkin edi. Unga "Tottenxem" va "Chelsi"dan qiziqishlar bo‘ldi, lekin Luisga takliflar ma’qul kelmadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Enrike hozirning o‘zidayoq klubdan ketadigan futbolchilar va qilinishi kerak bo‘lgan transferlarni belgilab qo‘ygan.
Fikrlar