Pxyonchxan-2018: Paralimpiada ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

An’anaga ko‘ra, navbatdagi Olimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga etgach imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasida Paralimpiya o‘yinlariga navbat berildi. Bugun Pxyonchxan shahrida navbatdagi Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi o‘tkazildi. O‘ziga xos sahnalashtirilgan tadbirda aktyorlar musobaqa ruhiyatiga mos keladigan rollari bilan olqishlarga sazovor bo‘lishdi. 

Paralimpiya o‘yinlari 18 martgacha davom etib,  unda terma jamoamizdan Yoqutxon Xolbekova qatnashadi. Vakilamiz 12-14 va 15 mart kunlari chang‘i poygasining turli yo‘nalishlarida o‘z omadini sinab ko‘radi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!