
Qatar hujumchisi Ali tarixga kirdi
Osiyo kubogining ilk bahsi Qatar va Livan o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda Markes shogirdlari yirik hisobda zafar quchib, guruh peshqadamiga aylandi.
O‘yinning 56-daqiqasida Almoz Ali golni urib, oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 78-daqiqada esa hujumchi almashtirildi. U jarohat olgan bo‘lishi ham mumkin.
Shu tariqa, Ali Osiyo kubogidagi gollar sonini 10 taga etkazib olib, to‘purarlar poygasida 3-o‘ringa chiqib oldi. Undan faqatgina Dong Guk (10 ta gol) va Al Dali (14 ta gol) oldinda turibdi. Futbolchida ikkinchi o‘ringa chiqib olish uchun imkoniyat juda yaxshi.
Shuni ham ta’kidlash kerak, BAAning 33 yoshli futbolchisi Al Mabhut 9 ta gol bilan Qatarga tashrif buyurdi. Unda ham to‘purarlar orasiga qo‘shilish ehtimoli bor.
Fikrlar