
Qatarda rekord o‘rnatgan hakam faoliyatini yakunlamoqchi
Jurnalist Gaston Edulning xabar berishicha, ispaniyalik hakam Mateu Laos mavsum so‘ngida faoliyatini yakunlamoqchi.
45 yoshli referi so‘nggi bir oy davomida jahon chempionati, La Liga, Ispaniya kubogi o‘yinlarida "qovun tushirdi". Mamlakatning vakolatli futbol idoralari dam olish kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘yinlardan Laosni chetlashtirishga qaror qildi va u La Liganing 16-tur uchrashuvlariga tayinlanmadi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik referi 2021 yilda Chempionlar ligasini boshqargan. Shuningdek, 2018 va 2022 yilgi mundial bahslarida ham ishlagan.
Fikrlar