
Qatarga yana bir Xavi keldi. Yoxud "Bavariya" futbolchisi endi "Qatar SK"da o‘ynaydi
"Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi Xavi Martines faoliyatini Qatar chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
32 yoshli ispaniyalik futbolchi "Qatar SK" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda. Martines Qatar klubi safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. Hozircha tomonlar o‘rtasidagi shartnoma bandlari oshkor etilmayapti.
Xavi Martines “Bavariya” safida 9 mavsum to‘p surdi. U ushbu davr mobaynida jami 267 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Martines Ispaniya terma jamoasi safida 2010-2014 yillarda o‘ynagan va 14 ta uchrashuvda ishtirok etgan.
Fikrlar