qilichbozlarimiz jamoaviy bahsda ham qit’a chempionatida sovrindor bo‘lishdi
Iordaniya poytaxtida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. E’tiborlisi, yosh sportchilarimizdan kelayotgan xushxabar to‘xtab qolmadi. MOQning xabar berishicha, Sablya qurolida kechgan yakkalik bahslarida Sherzod Mamutov bronza medalini qo‘lga kiritgani haqida ma’lum qilgan edik. Yigitlarimiz jamoaviy yo‘nalishda ham bronza medali bilan taqdirlanishdi.
Dastlab Filippin termasi katta ustunlikda mag‘lub etilgan bo‘lsa, vakillarimiz chorak finalda gongkonglik qilchbozlardan ustun keldilar. Final ostonasida esa koreyalik sablya ustalari yurtdoshlarimizni dog‘da qoldirishdi. Musobaqada Jaloliddin Dushambaev, Fozilbek Genjabaev, Sherzod Mamutov va Bobir Rasulovdan iborat kvartet terma jamoamiz sharafini himoya qildi.

Fikrlar