
"Qizilqum" Pro liga klubini enga olmadi
Superliga restartiga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qizilqum" klubi bugun Pro liga ishtirokchisi "Sho‘rtan" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0.
Eslatib o‘tamiz, Tachmurod Agamurodov shogirdlari bundan oldin Muborakning "Mash’al" jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi. G‘uzorliklar esa 6 iyun sanasida Qarshida "Nasaf"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edilar.
Ma’lumot uchun, "oltin izlovchilar" Coca Cola Superliga 4-turida Olmaliqning AGMK jamoasini Navoiy shahrida qabul qilishadi. "Oq bo‘rilar" esa Pro liganing ilk turida "Istiqlol"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar