
"Qo‘qon-1912" Toshkent "Lokomotiv" va "Bunyodkor" bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Superligada yuzaga kelgan tanaffus tufayli bir necha kun hordiq chiqargan "Qo‘qon-1912" jamoasi futbolchilari Toshkent shahrida mashg‘ulotlarga kirishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘qonliklar mashg‘ulotlarida O‘zbekistonning turli terma jamoalariga chaqirilgan futbolchilardan tashqari jamoaning barcha a’zolari ishtirok etishmoqda.
Toshkentdagi yig‘in davomida Aziz To‘xtaboev shogirdlari bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadilar. Hozircha, "Lokomotiv" hamda "Bunyodkor" jamoalari bilan bu borada o‘zaro kelishuvga erishildi.
Fikrlar