Qudratullo Abduqaxxorov Luis Kollazoga qarshi jang qiladi
Professional boksda mag‘lubiyat bilmay kelayotgan hamyurtimiz Qudratullo Abduqaxxorov oktyabr oyida navbatdagi jangini o‘tkazadi. Aniq sanasi xozircha ma’lum emas. Unga juda tajribali AQShlik Luis Kollazo raqiblik qiladi. Ushbu bokschi profi ringda 46 marotaba jang o‘tkazib, ularning 39 tasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarning 20 tasini nokaut evaziga qo‘lga kiritgan. 7 bora mag‘lubiyatga uchragan. Yurtdoshimiz esa 16 marotaba jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Hozirgi kunda IBF yo‘nalishi reytingida peshqadam bo‘lib turibdi.


Fikrlar