Rafael Nadal "US Open"da qancha pul ishlab oldi?

  • 9 sentabr, 2019, 10:36
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
AQShning Nyu-York shahrida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi "US Open" musobaqasining yakkalik bahslarida g‘olib nomi aniqlandi.
 
Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida ispaniyalik Rafael Nadal va rossiyalik Daniil Medvedev bosh sovrin uchun o‘zaro kuch sinashdi.
 
Ushbu uchrashuvda Nadal 7:5, 6:3, 5:7, 4:6, 6:4 hisobida zafar quchib, sportchilik faoliyatida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlardagi 19-sovrinini qo‘lga kiritdi.
 
Mazkur sovrin R.Nadalga 3 million 850 ming AQSh dollar va 2000 reyting ochkosini keltirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!