Rangnik hamkasbiga birinchi bo‘lib qaysi yulduzni yo‘qotishni maslahat berdi

  • 21 may, 2022, 23:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Goal nashrining ma’lum qilishicha,  “Manchester Yunayted”da bosh  murabbiylik vakolati yakunlanayotgan Ralf Rangnik jamoani qabul qilib olishi kerak bo‘lgan Erik ten Xagga birinchi navbatda qaysi o‘yinchidan qutilish kerakligini maslahat bergan.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, germaniyalik mutaxassis niderlandiyalik hamkasbiga hujumchi Markus Reshfordni tezroq sotib yuborish kerakligini uqtirgan.

Erik ten Xag Reshfordning jamoadagi muammosidan xabar topib ulgargan. U jamoani to‘liq qabul qilib olganidan keyin hujumchi bilan suhbatlashib olishni rejalashtirmoqda.

Ayni paytda Angliyaning eng iqtidorli hujumchilaridan hisoblangan Markusning o‘yinida pasayish kuzatilmoqda. U yakunlanayotgan mavsumda 32 marta maydonga tushib, atigi besh bor to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!