
Raqib Gvardiolaning “mazasini qochiradigan” murabbiy qidiryapti
“Chelsi” anchadan beri jangovar jamoa shakllantira oladigan bosh murabbiyga yolchimayapti.
“Arsitokratlar” bu gal bo‘lajak bosh murabbiyni aniq talablar ostida qidirmoqda.
Klub xo‘jayinlari qaroriga ko‘ra, yangi mutaxassis “Manchester Siti” va “Arsenal”ni boshqarayotgan Xosep Gvardiola va Mikel Arteta bilan raqobatlasha oladigan bo‘lishi kerak.
Buning uchun nomzod klub strukturasiga mos tushishi, jamoada to‘pni nazorat qilish bo‘yicha ustunlikni ta’minlaydigan o‘yin uslubini joriy qilishi, hamkorlikka moyil hamda matbuot bosimiga bardoshli bo‘lishi talab etiladi.
Hozircha bu talablarga ko‘proq “Lester” bosh murabbiyi Entso Mareska to‘g‘ri kelayotgani uchun aynan u asosiy nomzod hisoblanadi.
Bundan tashqari, “Chelsi” ro‘yxatidan Kiran Makkenna (“Ipsvich”), Tomas Frank (“Brentford”) hamda Sebastian Xeness (“Shtutgart”) kabi mutaxassislar ham o‘rin olgan.
Fikrlar