
Rashid G‘ofurov avvalgi ish joyiga qaytdi
Futbol muxlislariga juda yaxshi tanish bo‘lgan namanganlik mutaxassis Rashid G‘ofurov yana murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Gap shundaki, u avvalgi ish joyiga qaytarildi. Bu xususida "Navbahor" klubi matbuot xizmati shunday xabar qiladi:
“Navbahor-farm” jamoasini to‘rt mavsum davomida boshqarib, birinchi ligadan Pro ligaga chiqishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan Rashidjon G‘ofurov o‘tgan mavsum yakunlanganidan so‘ng, boshqa lavozimga o‘tishi munosabati bilan farm jamoa murabbiyligidan iste’foga chiqarilgandi.
Ma’lum muddatlik tanaffusdan so‘ng, mahoratli mutaxassis yana o‘z lavozimiga qaytdi. Rashidjon G‘ofurov yangi mavsumda ham “Navbahor-farm”ni boshqaradigan bo‘ldi”.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar