
Rasman! "Borussiya" Dortmundga yangi bosh murabbiy tayinlandi (FOTO)
"Borussiya" Dortmund klubining yangi bosh murabbiyi sifatida Edin Terzich tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 39 yoshli germaniyalik mutaxassis nemis grandi bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan. U bu lavozimda yaqinda iste’foga chiqarilgan Marko Rozening o‘rnini egalladi.
Ma’lumot uchun, Terzich 2020 yilning dekabridan 2021 yilning yoziga qadar "Borussiya"da bosh murabbiy vazifasini bajargan. Aynan uning boshqaruvi davrida dortmundliklar o‘tgan mavsum Germaniya kubogini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar