Rasman! "Chelsi" yangi darvozabon sotib oldi

  • 24 sentabr, 2020, 15:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" o‘zining rasmiy saytida "Renn" darvozaboni Eduar Mendini sotib olganini e’lon qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “aristokratlar” 28 yoshli posbon uchun frantsuz klubiga 25 mln evro to‘lagan va u bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

Hozircha senegallik futbolchi “Chelsi”da qaysi raqamda to‘p surishi noma’lum.

Mendi o‘tgan mavsum “Renn” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z darvozasidan 32 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!